Ikkinchi sensasiya! Braziliya Shveysariya bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi

Ikkinchi sensasiya! Braziliya Shveysariya bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi

JCH-2018 musobaqasi "E" guruhi 1-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Braziliya hamda Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. “Rostov Arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etildi.

Uchrashuv braziliyaliklarning hujumlari bilan boshlandi. O‘yinning 20-daqiqasida Filippe Koutinyo uzoq masofadan ajoyib zarba yo‘llab, chiroyli golga mualliflik qildi. Ushbu goldan so‘ng o‘yin biroz sokinlashdi.

Ikkinchi bo‘lim debyuti shvesarlarga omadli keldi: burchakdan uzatib berilgan to‘pni Stiven Suber boshi bilan braziliyaliklar darvozasiga aniq yo‘naltirdi va muvozanatni tikladi. O‘yinning qolgan daqiqalarida boshqa gol kiritilmadi.

Shu tariqa, turnir favoritlaridan biri hisoblangan Braziliya termasi musobaqani durang bilan boshladi. Guruhning boshqa o‘yinida Serbiya terma jamoasi Kosta-Rikani mag‘lub etgandi.

JCH-2018

«E» GURUHI 1-TUR

BRAZILIYa – SHVEYSARIYa 1:1 (1:0)

Gollar: 1:0 – 20 Koutinyo, 1:1 – 50 Suber.

Braziliya: Alisson, Tiago Silva, Marselo, Danilo, Miranda, Paulinyo (Renato Augusto, 67), Kazemiro (Fernandinyo, 60), Koutinyo, Villian, Neymar, Gabriel Jezus (Firmino, 79).

Shveysariya: Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner (Lang, 87), Akandji, Bexrami (Zakariya, 71), Djaka, Jemaili, Shakiri, Suber, Seferovich (Embolo, 80).

Ogohlantirishlar: Lixtshtayner (31), Kazemiro (47), Sher (65), Bexrami (68).

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!