Ikki karra jahon chempioni Alonso mavsum yakunlangach, "Formula-1"ni tark etadi

Ikki karra jahon chempioni Alonso mavsum yakunlangach, "Formula-1"ni tark etadi

"Formula-1" poygalarida ikki karra jahon chempioni ispaniyalik Fernando Alonso mavsum yakunlanganidan so‘ng "qirollik poygalari"ni tark etadi. Bu haqda 37 yoshli poygachi ishtirok etadigan "Maklaren" jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Ushbu hayratlanarli sportdagi 17 yillik faoliyatimdan so‘ng o‘zgarishim va harakatlanishda davom etishim lozim. Bu g‘aroyib mavsumlarning har bir onidan zavq oldim, bu onlarga o‘ziga xoslik baxsh etgan barchadan minnatdorman. Ko‘ramiz, kelajak bizga nimalar taqdim etadi", - dedi Alonso.

Alonso ilgari avtosportda "Uchtalik toj"ni yutish niyatida ekanligini ko‘p bor aytgandi. Buning uchun poygachi faoliyati davomida "Formula-1"da Monako Gran-prisini, Indycar turkumidagi "Indi 500" va "Le-Mandagi 24 soat" poygasini yutishi lozim. Tarixda buni faqatgina bir poygachi – britaniyalik Grem Xill uddalagan. Alonso 2006 va 2007 yillarda Monako Gran-prisida g‘alaba qozongan, bu yil esa "Le-Mandagi 24 soat" poygasida g‘olib bo‘ldi.

Fernando Alonso 2005 va 2006 yillarda "Formula-1" chempioni bo‘lgan. Uning "Formula-1"dagi hisobida 302 poyga va 32 g‘alaba bor. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!