Hisoblab chiqildi! Tramp Prezident sifatida 20 ming martadan ko‘proq yolg‘on gapirgan

Hisoblab chiqildi! Tramp Prezident sifatida 20 ming martadan ko‘proq yolg‘on gapirgan

AQSh Prezidenti Donald Tramp 2017 yil yanvaridan 2020 yilning 9 iyuliga qadar haqiqatga zid bo‘lgan 20.055 ochiq bayonot bilan chiqqan, deya xabar bermoqda “Washington Post”.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, noto‘g‘ri bo‘lgan bayonotlar turli ichki va xalqaro mavzularda, jumladan, impichment jarayoni, koronavirus pandemiyasi va afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi bilan bog‘liq voqealar haqida bo‘lgan.

Shuningdek, AQSh prezidenti haqiqatni buzib ko‘rsatib, Amerika iqtisodiyotining hozirgi holati mamlakat tarixidagi eng yaxshi holat ekanligini aytgan.

“Bundan tashqari, Tramp doimiy ravishda Meksika bilan chegarada devor qurish va Amerika tarixidagi eng katta soliq imtiyozlari haqida gapirgan, ammo bu ham haqiqat emas”, deyiladi xabarda.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!