Hindistonda maymunchechakka qarshi vaksina ishlab chiqilmoqda

Hindistonda maymunchechakka qarshi vaksina ishlab chiqilmoqda

Hindistonning eng yirik vaksina ishlab chiqaruvchisi Hindiston Serum instituti (SII) yil oxirigacha Mrox virusiga (maymunchechakning yangi nomi) qarshi vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Biz ushbu kasallikka qarshi vaksina yaratish ustida ishlamoqdamiz. Umid qilamizki, joriy yil oxirigacha ijobiy natijaga erishiladi, deya nashr SII direktori Adar Ponavalladan iqtibos keltiradi.

Unga ko‘ra, Punedagi Milliy virusologiya instituti Hindistonda 2022 yilda maymunchechak bilan kasallangan 30 ta holat qayd etilgan Mrox namunalarini o‘rganish bo‘yicha mamlakatdagi yetakchi tibbiy muassasaga aylangan.

Avvalroq Hindiston hukumati mrox tarqalishi xavfi tufayli aeroportlar, dengiz portlari va Bangladesh hamda Pokiston bilan chegaralarda hushyorlikni kuchaytirgan edi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2022 yil iyul oyida maymunchechak epidemiyasini xalqaro tashvishga soladigan favqulodda holat deb e’lon qilgan edi. Hindistonda Mrox infeksiyasining oxirgi holati 2024 yil mart oyida aniqlangan. Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Hindistonda maymunchechak bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!