Erda kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi

Erda kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi

Quyoshda magnit bo‘ronini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan qora plazma otilishi qayd etildi. Bunday hodisalar sog‘lig‘i ob-havoga bog‘liq bo‘lgan odamlar uchun xavfli bo‘lib, salbiy alomatlarga olib kelishi mumkin.

Sentyabr oyida magnit bo‘ronlari uch marta sodir bo‘lishi kutilmoqda. Space Weather ma’lumotlariga ko‘ra, Quyoshda qora plazma otilishi oqibatida 10-11 sentyabr kunlari Yerda magnit bo‘ronlari kuzatiladi. Ularning kuchi 6 ball bo‘lishi kutilmoqda.

Geomagnit bo‘ronlar ob-havoga sezgir va keksa odamlarga, shuningdek, surunkali kasalliklarga chalinganlar va homilador ayollarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Quyosh faolligi yuqori bo‘lgan kunlarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bo‘g‘im va mushak og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, yuqori qon bosimi, zaiflik va uyqusizlik paydo bo‘lishi mumkin.

Bo‘ronlarning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun sog‘lom turmush tarzini olib borish zarur.

Jumladan, xavfli kunlarda quyidagilar tavsiya etiladi:

- spirtli ichimliklar, qahva, energetik ichimliklarni suiiste’mol qilmaslik;

- yog‘li, qovurilgan, achchiq ovqatlarni iste’mol qilmaslik, gazlangan ichimliklar ichmaslik;

- haddan tashqari zo‘riqmaslik;

- asabiylashmaslik, mojarolarda qatnashmaslik;

- oz-oz harakatlanish;

- yetarli uxlash.

Agar magnit bo‘roni paytida sog‘ligingiz sezilarli darajada yomonlashgan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish yoki kasallik ta’tilini olish tavsiya etiladi. Bunda o‘z-o‘zini davolashdan ehtiyot bo‘lish lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!