Gvineya ko‘rfazida qaroqchilar kemaga hujum uyushtirdi

Gvineya ko‘rfazida qaroqchilar kemaga hujum uyushtirdi

Bu haqda Rossiyaning Benin va Togolez Respublikalaridagi elchixonasi saytida xabar berilgan.

Diplomatlarning ko‘rsatmasiga binoan, 29 noyabrdan 30 noyabrga o‘tar kechasi “AGISILAOS” kemasiga qaroqchilar hujum uyushtirgan. Oqibatda yovuzlar 4 nafar ekipaj a’zolari, shu jumladan, Rossiya fuqarosini o‘g‘irlab ketgan. Ta’kidlanishicha, hodisa Lome shahri portidan 75 dengiz mil uzoqlikda yuz bergan.

Avvalroq Gvineya ko‘rfazidagi qaroqchilar “NAFELI II” tankeriga hujum qilgani haqida xabar berilgan edi. Kema bortida Rossiya, Ukraina va Gruziya dengizchilari bo‘lgan. Tanker SSAS tizimi orqali hujum signalini uzatgan.

Gvineya ko‘rfazi mintaqasi dengizchilar uchun xavfli hudud hisoblanadi. Qaroqchilar ko‘pincha u yerda turli mamlakatlar kemalariga hujum qilishgan. Masalan, 2020 yil sentyabr oyida qaroqchilar Liberiya bayrog‘i ostida suzib yurgan “Water Phoenix” kemasiga hujum qilishib, kapitan va ekipaj a’zolaridan biri (ikkalasi ham Rossiya fuqarosi)ni o‘g‘irlab ketishgan. Kema bortida 7 rossiyalik va 11 nafar filippinlik fuqaro bo‘lgan. Hujum paytida kema Lagos yaqinida joylashgan bo‘lgan. Yozda xuddi shu hududda qaroqchilar “Curacao Trader” tankeriga hujum qilib, 15 kishini garovga olgan.

Ma’lumki, Gvineya ko‘rfazidagi qaroqchilik asrning birinchi o‘n yilligida rivojlangan. Ushbu tuzilma asosan neft mahsulotlarini o‘g‘irlashga ixtisoslashgan yaxshi qurollangan to‘dalardan tashkil topgan. Dengiz qaroqchilari jahon neft bozori uchun jiddiy tahdidga aylangan. Buni G‘arbiy Afrikaning sakkizta eksportchi mamlakat tomonidan neft qazib olishning markazi bo‘lgan Gvineya ko‘rfazida sodir bo‘lgan talonchiliklardan ham bilsa bo‘ladi. U yerda shu davrga qadar ro‘y bergan 20 dan ortiq hujum va ochiq dengizdagi jami o‘g‘irliklarning 90 foizi qaroqchilar tomonidan sodir etilgan.

G. XOLDOROVA tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!