Go‘dak tiriklayin yondi! Koreyada o‘zbek oilasining 4 nafar norasidasi olov ichida qoldi

Go‘dak tiriklayin yondi! Koreyada o‘zbek oilasining 4 nafar norasidasi olov ichida qoldi

Kecha, 20 oktyabr kuni Janubiy Koreyaning Kyonsan-Namdo viloyati Kimxe shahridagi ko‘p qavatli binolardan birida yong‘in kelib chiqdi.

Yong‘in natijasida o‘zbekistonlik migrant oilaning 4 nafar yosh bolalari qattiq jarohatlangan, ulardan biri — 4 yoshli o‘g‘il farzand vafot etdi, uchtasi jiddiy jarohat olgan.

Kechki soat 19: 40 da boshlangan yong‘in 20 daqiqada to‘xtatildi. Bolalar ikkinchi qavatdan topilib, shifoxonaga joylashtirilgan.

OAVda ushbu voqea bo‘yicha turli xabarlar tarqatilmoqda. Ular orasida 4 yashar go‘dakdan tashqari 14 yashar qizcha ham yonib ketgani iddao qilinmoqda.

Polisiya bildirishicha, o‘zbekistonlik migrant oila qonuniy ishlash vizalari orqali mamlakatga kirgan. O‘t o‘chirish vaqtida uyda kattalar yo‘q bo‘lgan va bolalar koreys tilini bilmagani uchun hech kimni yordamga chaqira olishmagan.

Olti nafar boshqa fuqarolar, shu jumladan, beshta koreys va bitta filippinlik shaxs tutundan zaharlanish natijasida shifoxonaga yotqizilgan.

Polisiya va yong‘in xavfsizligi idoralari dastlabki arizachining bayonotiga asoslanib, yong‘in binoning birinchi qavatidagi avtoturargohda kelib chiqqanini aytishmoqda.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!