Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili mamlakat muxolifatiga murojaat qilib, hujumga da’vat etdi

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili mamlakat muxolifatiga murojaat qilib, hujumga da’vat etdi

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Gruziya muxolifatini noroziliklarni to‘xtatmaslikka chaqirdi. Bu haqda u Facebook’da yozdi, deb xabar beradi «RBK».

«Biz haqli tomondamiz, va biz, albatta, g‘olib chiqamiz. Hozir asosiysi, bu safarbarlik, butun Gruziya bo‘ylab front ochish, hujum, hujum va yana bir marta hujum », — dedi Saakashvili.

U, shuningdek, Tbilisida «Yagona milliy harakat» muxolif partiya raisi Nikanor Meliyaning hibsga olinishini qoraladi. Saakashvilining aytishicha, uni qo‘lga olganlarning o‘zlari «juda uzoq vaqt qamoqda o‘tiradi».

Gruziya polisiyasi 23 fevral kuni «Yagona milliy harakat» (YAMH) muxolifat partiyasi yetakchisi Nikanor Meliyani hibsga oldi. U 2019 yilda tartibsizliklar uyushtirganlikda va Gruziya parlamentiga qilingan hujumda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Operasiyada yuzlab polisiyachilar ishtirok etgan. Partiya rahbarini hibsga olish mobaynida polisiya ko‘zni yoshlatuvchi gazdan foydalangan. Qo‘lga olingan muxolifotchi zirhli mashinada olib ketilgan. Shuningdek, asosan, muxolifat tarafdorlaridan iborat bo‘lgan 21 kishi partiya ofisi oldida hibsga olingan. Ular polisiyaning qonuniy talablariga bo‘ysunmaslikda ayblangan, keyinroq ular qo‘yib yuborilgan.

Ma’lumot uchun «Yagona milliy harakat» partiyasi gruziyalik siyosat arbobi Mixail Saakashvili tomonidan tashkil etilgan. U partiyani boshqarish davomida hokimiyatga egalik qilib kelgan, ammo 2012 yilgi parlament saylovlarida partiya biznesmen Bidzina Ivanishvili tomonidan asos solingan «Gruziya orzusi» ittifoqiga yutqazgan. Shundan so‘ng YAMH muxolifatga aylandi va Saakashvilining o‘zi mamlakatni tark etdi. O‘shandan beri «Gruziya orzusi» hokimiyatni boshqarib keladi.

Nika Meliya 2019 yil 20 iyunda Tbilisida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar haqidagi ish bo‘yicha sud figurantidir. Tartibsizliklarga rasman Gruziya parlamentida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo pravoslav assambleyasi yalpi majlisida Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Gavrilovning qatnashgani sabab bo‘ldi. Gavrilov majlis raisi o‘rnini egallab, uni rus tilida olib borgani muxolifat noroziligiga sabab bo‘ldi va ular norozilik aksiyalarini tashkillashtirdi. Tbilisidagi tartibsizliklarda bir necha yuz kishi jabrlandi.

Nika Meliya norozilik aksiyalari chog‘ida «guruhli zo‘ravonlik»ni tashkillashtirganlikda va «parlamentga hujum uyushtirishga uringanlik»da ayblanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!