G‘ijduvonda nogiron erkakning uyida o‘g‘rilik qilgan yigitlarga sud hukmi o‘qildi

G‘ijduvonda nogiron erkakning uyida o‘g‘rilik qilgan yigitlarga sud hukmi o‘qildi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 2020 yilning 28 dekabridan 29 dekabriga o‘tar kechasi tumanning Sharq mahallasi hududida g‘ijduvonlik 24 yoshli A. va SH., 25 yoshli R., 23 yoshli M. hamda 19 yoshli M. ismli yigitlar «boy aka» nomi bilan tanilgan nogironligi bor tadbirkor S.S.ning xonadoniga bostirib kirgan.

G‘ijduvonda nogiron erkakning uyida o‘g‘rilik qilgan yigitlarga sud hukmi o‘qildi

Ular xonadon egasini qo‘rqitish uchun pichoq bilan qurollanib, qora rangli futbolka bilan niqoblangan. Mazkur bosqinchilikda mashina yukxonasida bo‘lgan 12,5 million so‘m pul va ikki dona telefon apparatini olib, yo‘l chetida kutib turgan «Damas»da voqea joyidan yashiringan.

G‘ijduvonda nogiron erkakning uyida o‘g‘rilik qilgan yigitlarga sud hukmi o‘qildi

Sud tomonidan A. Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) bilan aybdor deb topilib, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Shu modda bilan ayblanuvchi SH. 12 yil muddatga, R. va M. 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, fuqaro M.ga ushbu kodeksning 241-moddasida (Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!