Fuqaroni tepgan IIB xodimi ishdan bo‘shatildi

Fuqaroni tepgan IIB xodimi ishdan bo‘shatildi

2020 yilning 30 may kuni o‘tkazilgan tungi reyd davomida fuqaro M.Halilov Koson tumani “Nihol” mahallasi hududida joylashgan “Nihol fayz baraka savdo” MCHJga qarashli savdo do‘koni yonida niqobini iyagiga taqib yurganligi sababli IIB xodimlari uni ogohlantirgan. U esa  IIB xodimlarining talablarini bajarmagan.  Tadbirga jalb qilingan viloyat IIB xodimi S.G‘aniyev fuqaro M.Halilovni oyog‘i bilan bir marta tepganligi aniqlangan. 

Mazkur holat bo‘yicha Koson tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida xodimlarning hatti-harakatlari bo‘yicha viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra IIB TVBSO xodimi S.G‘aniyev ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatilgan.

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!