Fransiyada muddatidan oldingi parlament saylovlari boshlandi

Fransiyada muddatidan oldingi parlament saylovlari boshlandi

Ushbu saylov natijalariga ko‘ra, mamlakatda Ikkinchi jahon urushidan keyin birinchi marta o‘ta o‘ng kuchlar hukumati tuzilishi mumkin.

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan 8:00da ochildi, turli aholi punktlarida ovoz berishning tugash vaqti farq qilishi mumkin, ammo yirik shaharlarda 20:00da ovoz berish yakunlanadi. Yakuniy natijalar 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi turdan keyin ma’lum bo‘ladi.

Navbatdan tashqari parlament saylovlari Yevropa parlamenti saylovlarida prezident Emmanuel Makron yetakchiligidagi markazchi kuchlar alyansining mag‘lubiyatga uchragani va Marin Le Penning partiyasi g‘alabasi fonida parlamentni tarqatib yuborilishi ortidan tayinlangan edi.

So‘nggi ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, bugungi saylivlarda Marin Le Penning o‘ta o‘ngchi “Milliy birlik” partiyasi birinchi o‘rinni egallashi mumkin, biroq parlamentni nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan mutlaq ko‘pchilik o‘rinni ololmaydi.

"Partiyamiz 577 o‘rinli Milliy assambleyada mutlaq ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritsa, Makronning “Milliy birlik”ni yetakchilaridan biri Jordan Bardellani bosh vazir etib tayinlashdan boshqa chorasi qolmaydi", — deya ma’lum qilgan Marin Le Pen.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!