Foto! Britaniyaning ilk hijobli hokimi

Foto! Britaniyaning ilk hijobli hokimi

Asli somalilik Rakxiya Ismoil Buyuk Britaniyaning Islington shahri hokimi etib tayinlandi. Islington Media xabariga ko‘ra, shahar kengashi uning hokim bo‘lishini ma’qullagan.

Rakxiya Ismoil 80-yillarda Buyuk Britaniyaga qochqin sifatida kelgan va vaqt o‘tib, mazkur davlatning fuqaroligini olgan. 2012 yilda u shahar kengashi a’zosi bo‘ldi, o‘tgan yili esa hokim o‘rinbosari etib tayinlandi.

“Mening uyim bo‘lmish Islingtonning hokimi bo‘lishdan faxrlanaman”, – deydi u.

Rakxiya Ismoil davlat xizmatida ishlashdan tashqari xayriya ishlari bilan ham shug‘ullanadi, xususan, qobiliyatli bolalarga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!