Fermerlar haqida hangomalar yoxud dalaning nafasi

Fermerlar haqida hangomalar yoxud dalaning nafasi

– Anovi qizil xo‘rozning kayfiyati yaxshimasga o‘xshaydi, – dedi fermer xotiniga,– Uni qozonga bostirsak qanday bo‘larkan?

– Shunday qilsak kayfiyati ko‘tariladi deb o‘ylaysizmi? – dedi xotini.

***

Ikkita fermer suhbalashib o‘tiribdi.

– Bilasanmi, bitta sviter to‘qish uchun uchta qo‘y kerak bo‘lar ekan, – dedi ulardan biri.

– Yo‘g‘-e, qo‘ylarning sviter to‘qishini bilmas ekanman! – dedi hayratlanib ikkinchisi.

***

Harbiy xizmatga kelgan yosh fermer uyiga bunday deb xat yozibdi: “Harbiy xizmat hayoti – rohat-farog‘at ekan. Ertalabki beshgacha maza qilib uyquni uraverar ekansiz”

***

Boy oila fermerning hovlisini yoz bo‘yi qolish sharti bilan ijaraga oldi… Oradan bir necha kun o‘tib boyning xotini fermerning oldiga kelib oziq-ovqat qoldiqlarini nima qilish mumkinligini so‘radi. Fermer unga qo‘zi sotib olishni maslahat berdi. Kuzda poytaxtga qaytadigan vaqti yetganda boyning xotini yana kelib fermerdan:

– Qo‘zini sotib olasizmi? – deb so‘radi.

– Narxi to‘g‘ri kelsa olaveramiz, – dedi fermer.

– Biz uni yuz mingga olgan edik, ammo undan yoz bo‘yi foydalandik, ellik ming bera qoling, – dedi ayol.

Manba: hidoyat. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!