Farg‘onada yo‘qolgan avtomashina topildi, egasi esa...

Farg‘onada yo‘qolgan avtomashina topildi, egasi esa...

2019 yil 6 mart kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi Yorqinjon Omonboyev IIBga murojaat qilib, shu yil 4 mart kuni birga yashovchi o‘g‘li 22 yoshli Jasurbek Daminov boshqaruvidagi davlat raqami 40 U 050 QA bo‘lgan Lasetti avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Qo‘qon shahar Charxiy ko‘chasi 2-uy oldida joylashgan avtomashinalarni yuvish shahobchasidan texnik soz holda topilgan. J.D.ni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, agar orangizda kimda-kim ushbu shaxs va avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlari xodimlariga yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!