Farg‘onada otasi bilan urishib qolgan erkak oila a’zolari o‘tirgan uyni yoqib yubordi

Farg‘onada otasi bilan urishib qolgan erkak oila a’zolari o‘tirgan uyni yoqib yubordi

Farg‘onada 2024 yil 4 yanvar kuni otasi bilan urishib qolib, uning uyini yoqib yuborgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilda uning opasi turmushidan ajrashib, uyiga qaytib kelgan. Shundan so‘ng, opa va uka arazlashib qolgan. Oqibatda ukasi ijaraga uy olib, oilasini olib ketgan.

2024 yil 4 yanvar kuni tush vaqti u otasinikiga kelib, ular bilan yana tortishib qolgan. Soat 19:30 larda tanishidan 10 litr benzin olib, otasi, opasi va xolasi ichkari uyda suhbatlashib o‘tirgan vaqtda uyga o‘t qo‘ygan. Shundan so‘ng amakisining o‘g‘liga qo‘ng‘iroq qilib, uyni yoqib yuborganini aytgan.

FVB xodimlari yong‘inni to‘liq bartaraf etgan va IIB xodimlarini chaqirgan. Aniqlanishicha, turar joy bino-inshootlariga 49 137 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Sud uni Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi «b» bandi bilan aybdor deb topib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Shuningdek, sudlanuvchidan otasiga yetkazilgan moddiy zararni undirish ham belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!