Farg‘onada erkak nikohsiz xotinini o‘ldirdi

Farg‘onada erkak nikohsiz xotinini o‘ldirdi

2019 yil 18 may kuni Farg‘ona shahri Quvasoy ko‘chasida yashovchi 43 yoshli N.A. uyida oilaviy janjal tufayli birga yashagan 40 yoshli nikohsiz ayoli L.G.ning yuziga qo‘li bilan urgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, natijada ayol boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan. Oqibatda L.G. 19 may kuni olgan tan jarohatlari tufayli uyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!