Evropa Komissiyasi Vengriyaga Yevropa Ittifoqi byudjetidan mablag‘ ajratilishini muzlatishni tavsiya qildi

Evropa Komissiyasi Vengriyaga Yevropa Ittifoqi byudjetidan mablag‘ ajratilishini muzlatishni tavsiya qildi

Evropa Komissiyasi Vengriyaga Yevropa Ittifoqi byudjetidan 7,5 milliard yevroga yaqin mablag‘ ajratilishini muzlatishni tavsiya qildi.

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

"Bular Yevropa Ittifoqi mablag‘laridan foydalanish va boshqarishni xavf ostiga qo‘yadigan qonun ustuvorligini buzish", dedi Yevropa Ittifoqining byudjet bo‘yicha komissari Yoxannes Xan.

Avvalroq Vengriya rasmiylari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamay, Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirib, bir necha bor nomaqbul fikr bildirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!