Erdo‘g‘an zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning janozasida ishtirok etdi

Erdo‘g‘an zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning janozasida ishtirok etdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Elyazig viloyatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lgan ona va uning farzandining janoza marosimida qatnashdi.

«Biz ko‘plab zilzilalarni boshdan kechirganmiz, ammo Turkiya xalqi hamisha sabr bilan bu kabi holatlarda o‘zini yo‘qotmagan va qaddini tik tutib kelgan», — dedi Erdo‘g‘an.

Turkiya davlat rahbari zilziladan jabr ko‘rgan odamlarni qutqarish ishlarida tezkorlikni oshirish va infratuzilmani tiklashga hukumat ko‘magi berilishini va’da qilgan.

«Tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlarda hech kimning uysiz qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi», — degan Turkiya prezidenti.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qutqaruv ishlari olib borilayotgan hududlarga ham borgan va u yerdagi harakatlarga baho bergan.

25 yanvarda Turkiyada 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani, uning oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan. Yerosti silkinishlari qo‘shni Suriya va Iroq, shuningdek, Livanda ham sezilgan. Keyinchalik Turkiya sharqida yuz bergan zilzila qurbonlari soni 20 kishiga yetdi, zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 1200 nafardan oshdi. Tashqi ishlar vazirligi Turkiyadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!