Eng yosh bemor koronavirusni yengdi! U 16 kunlik chaqaloq

Eng yosh bemor koronavirusni yengdi! U 16 kunlik chaqaloq

Filippin sog‘liqni saqlash vazirligi "Tvitter"dagi sahifasida dunyoga kelganining 16-kunida koronavirusdan sog‘aygan chaqaloq haqida xabar qildi. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bolaning ota-onasi 5 kunlik farzandini yuqori harorat bilan Maniladagi shifoxonaga olib kelgan. Bir necha kundan keyin koronavirusga test bolada virus borligini ko‘rsatgan. Chaqaloq davolash boshlangandan 11 kun o‘tib sog‘ayib ketgan. U mamlakatda koronavirusdan forig‘ bo‘lgan eng yosh bemor bo‘lgan.

“16 kun avval tug‘ilib, koronavirusni yenggan eng yosh bemorni kutib oling. Bizning Milliy bolalar shifoxonasi xodimlari chaqaloqni 11 kun tinimsiz parvarishlashdi va uni tuzatishga muvaffaq bo‘lishdi”, deyilgan vazirlik xabarida.  

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Filippinda koronavirusga chalinganlar soni 8488 nafarni, undan vafot etganlar 568 nafarni tashkil qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!