"Elchining qizi" serialida endi Neslihat Atagul o‘ynamaydi. O‘rnini boshqa aktrisa egalladi

"Elchining qizi" serialida endi Neslihat Atagul o‘ynamaydi. O‘rnini boshqa aktrisa egalladi

Aktrisa Neslihan Atagul "Elchining qizi" loyihasini tark etgach, uning o‘rnini Tuba Buyukustun egalladi. Bu haqda TV Gazete xabar berdi.

Turkiya nashrining yozishicha, Tuba ijtimoiy tarmoqlarda aktyorlar tarkibiga qo‘shilganligini va yana Engin Akyurek bilan o‘ynashdan juda xursand ekanligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, bu juftlik "Pul va gul ishqi" serialida birga o‘ynashgan.

Ma’lumot uchun, avvalroq Neslihan Atagul Instagram sahifasida salomatligi yomonlashgani sabab ushbu serialda boshqa suratga tushmasligi va biroz muddat dam olmoqchi ekanligini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!