Deputat uyini video tasvirga olayotgan dronni otib qo‘yishiga oz qoldi

Deputat uyini video tasvirga olayotgan dronni otib qo‘yishiga oz qoldi

Qirg‘iziston parlamentining deputati Riskeldi Mombekov o‘z uyini tasvirga olgan uchuvchisiz samolyotni urib tushirmoqchi bo‘ldi, deya xabar berdi “Tengrinews.kz” “VB.KG”ga tayanib.

Deputat hodisa haqida tahririyat kengashiga o‘zi aytib bergan. Deputatning so‘zlaga ko‘ra, miltiqni olib kelishga ketayotganida dron va uning egalari noma’lum yo‘nalishda yashiringan.

“Men vintovkani olib, dronni urib tushirishga ulgurmadim. Agar ulgurganimda uni videoga olib, buni uyimga kim va nima maqsadda bu dronni yuborganini bilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga topshirgan bo‘lardim. Menga doim tuhmat qilishadi va botqoqqa botirmoqchi bo‘lishadi. Uning kimligi esa juda yaxshi bilaman. Yaqindagini Internet sahifasiga mening 30 sotixlik yerim borligi haqidagi video lavha joylagan edi. O‘sha tasvirlarda qaysidir futbol maydoni ko‘rsatilgandi. Axir, bu kulgili-ku! O‘shanda kim mening 30 sotixlik yerim borligini isbotlasa, unga 20 sotixini berishni va’da qilmagan”, deydi deputat.

Riskeldi Mombekov uning mulkini kim video tasvirga olishi mumkinligini biladi. Deputat million dollarlik mol-mulki borligini tasdiqlovchi shaxsga katta miqdordagi pulni berishga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!