Damashq muftiysi suiqasd qurboni bo‘ldi

Damashq muftiysi suiqasd qurboni bo‘ldi

Damashq muftiysi Muhammad Adnon al-Afyuniy mashinasiga o‘rnatilgan portlovchi moslamaning harakatga kelishi oqibatida halok bo‘ldi. Suriyaning rasmiy SANA agentligining xabar berishicha, terakt payshanba kuni kechqurun poytaxt Damashq yaqinidagi Qudsiya shahrida yuz bergan. 

66 yoshli imomning mashinasiga noma’lum shaxslar tomonidan bomba o‘rnatilgan.

Al-Afyuniy Islom huquqshunoslik kengashining a’zosi, shuningdek, Damashq ekstremizmga qarshi kurash xalqaro islom markazining bosh ma’muri edi. 

Mamlakat vaqf vazirligi vakili marhum imomni “o‘z vatanini himoya qilgan shahid” deb atagan.

Al Arabiya xabarida aytilishicha, muftiy bir necha yil avval Damashqqa yaqinlashgan isyonchilar bilan muzokaralarda muhim rol o‘ynagan, ularni hukumat kuchlariga qarshi jang qilmaslikka ko‘ndirgan edi. 

Suiqasdni kim uyushtirgani hozircha ma’lum emas


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!