Dahshatli yong‘in: ikki kishi o‘ldi, tadbirkor qo‘lga olindi

Dahshatli yong‘in: ikki kishi o‘ldi, tadbirkor qo‘lga olindi

Istambuldagi fabrikalardan birida chiqqan yong‘in tufayli ikki nafar Turkmaniston fuqarosi halok bo‘ldi, yana ikki nafari esa kasalxonaga joylashtirildi.

Mahalliy OAVning yozishicha, migrantlar bu yerda noqonuniy tarzda ishlayotgan bo‘lgan. «Xroniki Turkmenistana» muxbirining yozishicha, yong‘in 22 iyun kuni soat 3:15 da tekstil fabrikasida boshlangan. 

Fabrika xo‘jayini — turkiyalik tadbirkor Abdul G. va bir nechta noqonuniy ishlayotgan migrantlar hisbga olingan. Tekshiruv davom etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 16 nafar kishi ushlangan, ularning 11 nafari turkmanistonlik migrantlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!