Chilonzorda "Nexia"lar to‘qnashdi

Chilonzorda "Nexia"lar to‘qnashdi

2021 yilning 10 may kuni soat taxminan 21:30da Chilonzor tumanining Muqimiy ko‘chasida ikkita transport vositasi o‘rtasida to‘qnashuv kuzatildi. 1968 yilda tug‘ilgan Chori X. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumidagi avtomobil (davlat raqami 01 J 062 MB), 2000 yilda tavallud topgan Ismoil Z. haydab ketayotgan “Nexia-3” avtomashinasi bilan (davlat raqami 01 T 775 CB) to‘qnashgan.

Hozirda yo‘l transport hodisasi sabablari o‘rganilmoqda. Yuz bergan voqea oqibatida xech kim jarohat olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!