Chernogoriya: Koronavirusdan xoli navbatdagi mamlakat

Chernogoriya: Koronavirusdan xoli navbatdagi mamlakat

Chernogoriya koronavirusni muvaffaqiyatli yengdi, mamlakatda virusni yuqtirganlar qolmadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Milo Jukanovichga tayanib RIA Novosti xabar beradi.

24 may kuni Chernogoriya sog‘liqni saqlash institutining xabar berishicha, 68 kun ichida birinchi marotaba koronavirus infeksiyasi bo‘lgan yangi bemor aniqlanmagan. Davolanayotgan barcha bemorlar butunlay sog‘ayib ketgan.

Jukanovichning so‘zlariga ko‘ra, bunday natijaga "Chernogoriya davlat hokimiyati organlari va umuman jamiyatning yuqori darajada javobgarligi" tufayli erishildi.

COVID-19 ning birinchi holatlari mamlakatda mart o‘rtalarida qayd etilgan. Chernogoriya sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlangandan 324 kishi kasal bo‘lib, to‘qqiz kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!