BMTning dunyoda oziq-ovqat narxlari bo‘yicha hisoboti: Go‘sht arzonlashdi

BMTning dunyoda oziq-ovqat narxlari bo‘yicha hisoboti: Go‘sht arzonlashdi

Jahonda oziq-ovqat narxlari ketma-ket ikkinchi oy davomida ko‘tarilmoqda. Oziq-ovqat narxlari indeksining qiymati iyul oyida 94,2 punktga yetdi, bu iyun oyiga nisbatan 1,2 foizga ko‘p. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hisobotida aytilmoqda.

Ishlab chiqarishning pasayishi va mehnat muhojirlarining yetishmasligi tufayli o‘simlik moyi 7,6 foizga, sut mahsulotlari 3,5 foizga, shakar 1,4 foizga qimmatladi. Go‘sht arzonlashdi: iyun bilan taqqoslaganda narx 1,8 foizga, o‘tgan yilning iyul oyiga nisbatan 9,2 foizga pasaydi.

2019 yil dekabr oyida oziq-ovqat narxlari besh yil ichida eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Palma yog‘i va shakar eng ko‘p ko‘tarildi. Biroq, keyinchalik narx pasayishni boshladi, 2020 yil may oyida u koronavirus pandemiyasining oqibatlari tufayli 2018 yil dekabridan beri rekord darajaga yetdi. Biroq, narxlar iyun oyida yil boshidan beri birinchi marta ko‘tarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!