BMT Bosh kotibi Markaziy Osiyoga qaytmoqda

BMT Bosh kotibi Markaziy Osiyoga qaytmoqda

29 iyun kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Osiyo davlatlariga safar qiladi. U O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyuradi. Ma’lumot uchun, Guterrish mintaqaga 2017 yilda tashrif buyurgan.
Bu haqda uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik juma kuni Nyu-Yorkdagi brifingda ma’lum qildi. Unga ko‘ra, har bir davlatda BMT Bosh kotibi davlat rahbari va boshqa yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashadi, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga oid loyihalar bilan tanishadi va mahalliy faollar bilan muloqot qiladi. Turning birinchi bekati O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahridir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!