BMT Afg‘oniston sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun 45 million dollar ajratadi

BMT Afg‘oniston sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun 45 million dollar ajratadi

Bu haqda BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits bugun o‘z bayonotida e’lon qildi.

"Men Afg‘oniston sog‘liqni saqlash tizimi qulashining oldini olish uchun favqulotda vaziyatlar markaziy jamg‘armasidan 45 million dollar ajrataman. Mamlakatda dori-darmon, tibbiy asbob-uskunalar, yoqilg‘i yetishmayapti. Bundan tashqari, asosiy tibbiyot xodimlariga maosh to‘lanmayapti", — deyiladi bayonotda.

Griffits Afg‘onistonda sog‘liqni saqlash tizimining qulashi halokatli bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

Xabarda ko‘rsatilgandek, mablag‘ birinchi navbatda JSST va YUNISEFga yo‘naltiriladi, u yerdan xalqaro va milliy nodavlat tashkilotlar orqali Afg‘onistondagi shifoxonalar faoliyatini shu yil oxirigacha qo‘llab-quvvatlash uchun yuboriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!