Beshariq tumanida sandiq ichidan bo‘lgan 1.000 AQSh dollar pullarini o‘g‘irlagan shaxs fosh bo‘ldi

Beshariq tumanida sandiq ichidan bo‘lgan 1.000 AQSh dollar pullarini o‘g‘irlagan shaxs fosh bo‘ldi

Beshariq tumani. Toshariq mahalla hududida yashovchi SH.Z ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 07 sentyabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib yashash xonadonidagi sandiq ichida bo‘lgan 1.000 AQSh dollar pullarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘irlik) “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan shaxs K.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!