Baynalminalda qoida buzgan yana 5 nafar haydovchi jarimaga tortildi - IIBB

Baynalminalda qoida buzgan yana 5 nafar haydovchi jarimaga tortildi - IIBB

6 avgust kuni Toshkent shahrining Baynalminal ko‘chasida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilgani va bosqichma-bosqich ularning barchasiga nisbatan chora ko‘rilishi haqida xabar berilgandi.

IIBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, kecha yana 5 nafar qoidabuzarga YHQning 65-bandiga ko‘ra bayonnomalar rasmiylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra ushbu qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi EKIXning 10 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!