«Barselona» Mbappe uchun kurashga qo‘shildi

 «Barselona» Mbappe uchun kurashga qo‘shildi

«Barselona» «PSJ» futbolchisi Kilian Mbappeni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.

Fransiyaning «L'Equipe» nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining o‘zi ham kataloniyaliklar taklifini darhol rad etmoqchi emas. U «Barselona» taklifini ham ko‘rib chiqishga tayyor. Ammo baribir Mbappeni «Real» taklifi ko‘proq qiziqtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» Mbappeni jamoaga olib kelish Holandni transfer qilishdan arzonroqqa tushishiga ishonmoqda. Shuningdek, «Barsa»ning yangi hamkorlari «Spotify» va «Goldman Sachs» klubning ushbu transfer borasidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Avvalroq, Kilianning «Real» bilan allaqachon shartnoma imzolab bo‘lgani haqidagi xabarlar chiqqandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!