Barcha hokimlar, “kattakon”lar o‘qisin!

A A A
Barcha hokimlar, “kattakon”lar o‘qisin!

Jahongir Ortiqxo‘jayev qachon “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi. Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev korrupsiya borasida barchani ogohlantirdi:

«Hokimliklar, ayyor o‘yinlar qilishni bas qiling! Yana bir bor ogohlantiraman. Yer berilishi shaffof va korrupsiyasiz bo‘lishi kerak. Menga va komandamga pora kerakmas. Yoki Prezidentimizni tushunib, yelkama-elka yonida turib, katta maqsadimizga birga erishamiz, xalqni rozi qilamiz, yorqin kelajagimizni yaratamiz yoki yo‘q bo‘lamiz».

Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov shahar hokimini barchaga o‘rnak qilib ko‘rsatdi:

«Har bir rahbar shunday fikrlasa, bizni hech kim to‘xtatolmaydi!»

Biz nima derdik, deputat va hokimning so‘zalaridan so‘z yasaymiz:
− Har bir rahbar shunday fikrlamasa – yo‘q bo‘lsin!

Barcha hokimlarga murojaat qilmoqchiman, qani nechta hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevdek mard bo‘lib, mana shu so‘zlarni ayta oladi:

− Menga va komandamga pora kerak emas!

Karimberdi To‘ramurod,

Fayzbog.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!