Avtomobillarga maxsus stikerlar berish vaqtincha to‘xtatildi

Avtomobillarga maxsus stikerlar berish vaqtincha to‘xtatildi

4 aprel soat 18:00dan boshlab avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar olish bo‘yicha arizalar qabuli vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Arizalarni qabul qilish 6 aprel 18:00 dan boshlanadi.

Ma’lumot berilishicha, 4 aprel soat 17:00 holatiga Markazlarga 165 619 ta ariza kelib tushgan, ulardan respublika bo‘yicha 23 546 ta ruxsatnoma berilgan, 81 241 tasi rad etilgan, 10 004 — ariza oluvchilarning o‘zlari tomonidan qaytarib olingan.

Hozirgi vaqtda 60 832 arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni davom etmoqda. Agentlik rad etilgan arizalarni qayta yubormaslikni so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!