Asakada elektr ta’minoti bo‘yicha shartnomasini soxtalashtirgan va 515,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlar ushlandi

Asakada elektr ta’minoti bo‘yicha shartnomasini soxtalashtirgan va 515,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar “Yangisor” MFY hududidagi bog‘dorchilik yer maydoniga o‘rnatilgan 2 ta suv nasosini hamda dala shiyponidagi texnikalarni hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 515,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari, shuningdek elektr ta’minoti bo‘yicha shartnomasini soxtalashtirganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro SH.X. Kattaqo‘rg‘on tumani “Navbahor” MFY hududidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga ulab, jami 125,9 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Norin tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro SH.A. “Yaydoq” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 108,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish ) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!