Armaniston Mudofaa vaziri iste’fo berdi

Armaniston Mudofaa vaziri iste’fo berdi

Armanistonning “Aravot” nashri mamlakat Mudofaa vaziri David Tonoyan bugun iste’fo bergani haqida xabar tarqatdi. 

Xabarda aytilishicha, Tonoyanning o‘rniga bosh vazir maslahatchisi bo‘lib ishlayotgan Vagarshak Arutyunyanning tayinlanishi kutilmoqda. Arutyunyan 1999-2000 yillarda Armaniston Mudofaa vaziri lavozimini egallagan. 

Armanistonda Qurolli kuchlar Tog‘li Qorabog‘dagi muvaffaqiyatsizligi uchun qattiq tanqid qilib kelinmoqda. 

Bosh vazir Nikol Pashinyan tanqidlarga qaramay iste’fo haqida o‘ylamayotganini aytdi, biroq uning safdoshlari birin-ketin ishdan ketyapti: avvalida Tashqi ishlar vaziri Zograb Mnasakanyan, undan keyin Favqulodda vaziyatlar vaziri Feliks Solakyan iste’fo berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!