AQShda yashayotgan o‘zbekistonliklar futbol bo‘yicha «Mustaqillik kubogi—2018» musobaqasini o‘tkazdi (foto)

AQShda yashayotgan o‘zbekistonliklar futbol bo‘yicha «Mustaqillik kubogi—2018» musobaqasini o‘tkazdi (foto)

Joriy yilning 15 sentyabr kunida  Nyu-York shahrida AQShda yashayotgan va faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonliklar ishtirokida​ katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi. Bu haqda musobaqa tashkilotchilaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise prezidenti maslahatchisi San’at Sharipov «Daryo»ga ma’lum qildi.

Musobaqaga AQShning 9 ta shtatidan 12 ta jamoa tashrif buyurdi. Bu safargi musobaqada O‘zbekistonning diplomatik missiya vakillari ham ishtirok etdi. Ular orasida O‘zbekiston Havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi, O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi konsullik idorasi, shuningdek, Birlashgan Millatlar tashkilotidan ham vakillar qatnashdi.

Tadbirda katta qozonda 70 kgli o‘zbekcha osh damlandi Bolalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilindi. Barchaning kayfiyati ko‘tarinki ruhda bo‘ldi. Stadion atrofiga ko‘plab muxlislar keldi. Yarim finalga eng kuchli to‘rtta jamoa yo‘l oldi.

Finalda bo‘lsa, Pensilvaniya shtatining «Do‘stlik» hamda Nyu-Yorkning «Maroqand» jamoalari o‘zaro kurash olib bordi. O‘yinning asosiy daqiqalarida 2:2 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham yana bittadan gollar kiritildi, yakuniy hisob 3:3 bo‘ldi.

Keyin g‘olib nomini penaltilar seriyasida aniqlashga kirishildi. Unda, umumiy 7:6 hisobi qayd etilib, «Maroqand» jamoasi bosh sovringa ega bo‘ldi. 3-o‘rin uchun bahsda Nyu-Yorkning ikki «Paxtakor» va «Kaymans» jamoalarilari o‘zaro kuch sinashdi. Unda paxtakorchilar 3:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi va musobaqaning 3-o‘rinini egalladi.

Tadbir yakunida kelasi yili ham musobaqani ommaviy tarzda o‘tkazishga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!