AQShda bolalar uchun maxsus Qur’on kurslari tashkil etildi

AQShda bolalar uchun maxsus Qur’on kurslari tashkil etildi

Yozgi ta’tilda bolalar vaqtini samarali o‘tkazish uchun AQShning Virjiniya shtati Aleksandriya shahrida Qur’oni karimni o‘rganish kurslari tashkil etildi. Bu haqda iqna axborot sayti deb xabar beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, MakeSpace İslam instituti tomonidan tashkil etilgan ushbu kurslar 5-12 yoshdagi maktab bolalariga mo‘ljallangan. Kurslar uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda bolalar arab tili harflari va qisqa suralarni o‘rganadilar. Ikkinchi bosqichda Qur’oni karimni o‘qishni o‘rganadilar. Shu bilan tajvid va tilovat qoidalari hamda Qur’onni to‘liq yodlashga tushadilar. Yozgi kurslar 20 iyul kuni boshlanib, har haftaning shanba kuni davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!