AQSh Kashmirda so‘z erkinligini himoya qilishi kerak

AQSh Kashmirda so‘z erkinligini himoya qilishi kerak

Amerikaning «CNN» telekanali o‘z veb-saytida Donald Tramp ma’muriyatini Hindiston Kashmiridagi so‘z erkinligini himoya qilishga da’vat qiluvchi maqola e’lon qildi.

Pokistonni «Dunya news» xabariga ko‘ra, «Fikrlar» bo‘limidagi maqolada Maykl De Dora va Aliya Iftixar o‘quvchilar e’tiborini Hindiston hukumati nafaqat Kashmirdagi hukumatga qarshi noroziliklarni bostirayotgani, balki o‘z fikrini erkin bildirishiga to‘sqinlik qilayotganiga qaratmoqda.

Bundan tashqari, hududda o‘rnatilgan komendantlik soati, shuningdek, Kashmirning ba’zi qismlarida Internet va telefon aloqasining uzilishi jahon hamjamiyatining mintaqada bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida ishonchli ma’lumot ololmasligiga olib kelmoqda. Shu munosabat bilan maqola mualliflari AQSh Davlat departamentini, Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Elis Uellsni Hindistonning Kashmir shahrida so‘z erkinligini himoya qilishga chaqirishdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Hindiston parlamentining quyi palatasi Jammu va Kashmir shtatining alohida maqomini bekor qiluvchi va uni ikki ittifoq hududiga bo‘lingan Jammu – Kashmir va Ladaxga ajratadigan mamlakat konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritishga ovoz bergan edi. Ushbu qaror rasmiy Islomobod tomonidan huquqlarning keskin ravishda buzilishi deb baholangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!