AQSh endi askarlarining fikrlarini ham nazorat qilmoqchi

AQSh endi askarlarining fikrlarini ham nazorat qilmoqchi

Ma’lumki, AQSh Mudofaa vazirligi genetik muhandislik, nanotexnologiya va nevrologiya sohasidagi tadqiqotlar uchun moliyaviy yordam ko‘rsatadi, deya xabar berdi “belnovosti.by”.

Endi esa olimlarga yangi vazifa topshirildi: bir yil ichida ular inson ongini boshqara va o‘qiy oladigan, shuningdek, istalgan ma’lumotni bevosita inson ongiga ko‘chirish uchun ishlaydigan texnologiyani yaratishlari kerak.

Ishlab chiquvchilar texnologiyasini taqdim etgandan so‘ng, uni taxminan 18 oy davomida hayvonlarda tekshirishlari kerak bo‘ladi.

Bu usul harbiy harakatlar paytida juda foydali bo‘lishi mumkin. Aytish kerakki, bu vazifa bilan hozirda 6 ta tadqiqotchi guruh parallel ravishda ishlamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, har bir guruhga 19,48 million dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!