AQSh aeroportiga qo‘ngan yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi

AQSh aeroportiga qo‘ngan yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi

Dominikanning “Red Air” aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti Mayami xalqaro aeroportiga (AQSH, Florida) qo‘ngach, yonib ketdi.

Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, samolyot bortida 126 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Samolyot qo‘nganidan so‘ng, oldingi qo‘nish moslamasi ishlamay qolgan va samolyot yonib ketgan.

Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida 3 kishi yengil tan jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!