Antonio Kontening «Real»ga kelmaganligi sababi ma’lum bo‘ldi

Antonio Kontening «Real»ga kelmaganligi sababi ma’lum bo‘ldi

«Real Madrid» hamda italiyalik mutaxassis Antonio Konte o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar tafsiloti ma’lum bo‘ldi, deb yozadi "daryo.uz".

Konte «Real»dan iste’foga chiqarilgan bosh murabbiy Xulen Lopetegi o‘rniga asosiy nomzod edi. Ammo Antonio qo‘ygan talablar va shartlar «Real» prezidenti Florentino Peresga ma’qul kelmagan.

Konte yiliga 10 million yevrolik maosh, uzoq muddatli himoyalangan shartnoma, besh kishilik murabbiylar shtabi, shuningdek, tarkibni tezkorlikda kuchaytirish uchun transferlar amalga oshirish uchun kafolat so‘ragan. Natijada Peres unga rad javobini berib, Santyago Solarini jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.

Tez orada Solarining mavsum oxirigacha «Real»da qolishi e’lon qilinishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!