Antiradar olib kirishga uringanlar “radar”ga tushdi

Antiradar olib kirishga uringanlar “radar”ga tushdi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan antiradar qurilmalarini yurtimizga noqonuniy olib kirishga urinish holatlari fosh etildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan T.J. ismli shaxsning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Ushbu shaxs bojxona nazoratidan yashirib, yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko‘rsatilmagan qiymati 50,5 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi 61 dona antiradar qurilmalarini avtomobil uchun mo‘ljallangan karnay qutilari ichiga berkitgan holda respublikamizga olib kirishga uringan chog‘ida to‘xtatib qolindi.

“S.Najimov” chegara bojxona postida esa fuqaro SH.D.ning “Cobalt” rusumli avtoulovi ko‘zdan kechirilganda, avtoulov eshiklari qoplamasi va yukxonasi ichidan bojxona nazoratidan yashirgan holda holda qiymati qariyb 22 million so‘mlik 12 dona antiradar qurilmasi va boshqa avtomobil ehtiyot qismlarini qo‘shni davlatdan olib kirayotganligi aniqlandi. Antiradar olib kirishga uringanlar “radar”ga tushdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!