Andijonda ayollardan Toshkentdagi 8 mart tadbiriga qatnashish uchun 1000 dollar so‘ralayotgani rostmi?

Andijonda ayollardan Toshkentdagi 8 mart tadbiriga qatnashish uchun 1000 dollar so‘ralayotgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda «8 mart - Xalqaro xotin qizlar kuni» munosabati bilan uyushtiriladigan respublika tadbirida qatnashish uchun 1000 AQSh dollari talab qilinganligi haqida xabar xabar tarqaldi.

Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati bu xabar yuzasidan bayonot berdi.

"Andijon viloyatidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan respublika tadbiriga 2019-2021 yillar davomida yuborilgan xotin-qizlarning tarkibi ko‘rib chiqilganda 3 yil davomida qatnashgan ayollarning takroran yuborilganlik holati aniqlanmadi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, bayram tadbiriga yuborilgan xotin-qizlarning davlat va jamoat ishlarida faol, tashabbuskor, yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlarning nomzodligi taqdim etilgan.

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda qayd etilgan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan «Andijon viloyatidan 1000 $ AQSh dollari evaziga» mazkur tadbirda qatnashish uchun yuborilishi yuzasidan berilgan asossiz ma’lumot bo‘yicha huquq tartibot organlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

Hurmatli fuqarolar asossiz va yolg‘on xabar tarqatishdan ehtiyot bo‘ling. Zero yuqorida keltirilgani kabi yolg‘on xabarni tarqatgan shaxs qonunlarimizda belgilangan tartibda jazoga tortilishi muqarrar".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!