Ana xolos! O‘zbekistonliklar dunyoda eng tez qariydigan xalqlar qatorida

Ana xolos! O‘zbekistonliklar dunyoda eng tez qariydigan xalqlar qatorida

Nufuzli tibbiyot jurnali – "The Lancet" markaziy osiyoliklar dunyoda eng tez qariyotgan millatlardan ekanini aniqladi. Bu haqda minbar.uz ma’lum qildi.

192 davlatda aholining qarish sur’ati o‘rganilgan tadqiqotda olimlar qiyoslash uchun 92 tur kasallik ro‘yxatini tuzishgan. Ular orasida 13 yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, 35 tur onkologik kasalliklar, Parkinson kasalligi, eshitishning yomonlashuvi, katarakta va glaukoma, Alsgeymer xastaligi, yiqilishdan olingan jarohatlar bor.

Er yuzida ana shu kasalliklar bilan qarish jarayoni o‘rtacha 65 yoshda boshlanadi. Ammo turli davlatlarda bu yosh turlicha, hatto 30 yil farq mavjud – ayrim yurtlarda qarish erta, ayrimlarida kech boshlanadi.

Papua-Yangi Gvineya aborigenlari yer yuzida eng erta – 45 yoshda qariy boshlaydi, yaponlar va shveysariyaliklarda bu ko‘rsatkich 76 yoshdir.

Afsuski, Markaziy Osiyo davlatlari aholisi bu jarayonda Yaponiyadan ko‘ra Papuaga yaqinroq turadi.

O‘rtacha olganda Markaziy Osiyoda aholi 59 yoshga yetmay qariy boshlaydi. Bu dunyodagi o‘rtacha qarish yoshidan 5 yil ertadir.

Xususan, turli sabablarga ko‘ra O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi ahvol juda ayanchli:

  • yurak-qon tomir kasalliklari sababli o‘lish ko‘rsatkichi dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha yuqori. 2016 yilda dunyo bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘rtacha 32 foiz bo‘lgan.
  • O‘zbekistonliklar dunyoda eng nosog‘lom ovqatlanadigan xalqlardan bo‘lib chiqdi. Kundalik ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar va ular sabab bo‘laëtgan o‘lim soni bo‘yicha 195 davlatda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot xulosasiga ko‘ra O‘zbekiston bu borada dunëda birinchi o‘rinda turar ekan.
  • Bachadon bo‘yni saratoni dunyoda ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri. Yosh ayollarning bu xastalikdan o‘lishi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda to‘rtinchi o‘ringa chiqib olgan.

Sizning “O‘zbekistondagi elektron tijorat saytlarining sifati va jozibadorligi a’lo darajada” fikriga munosabatingiz?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!