Ana xolos! Sevganiga turmushga chiqish taklifini bildirmoqchi bo‘lgan yigit tasodifan uyini yoqib yubordi

Ana xolos! Sevganiga turmushga chiqish taklifini bildirmoqchi bo‘lgan yigit tasodifan uyini yoqib yubordi

Angliyada sevganiga turmushga chiqish taklifini bildirmoqchi bo‘lgan yigit tasodifan uyini yoqib yubordi, deb yozadi The Sun.

Hodisa Janubiy Yorkshirning Sheffild shahrida yuz bergan. 26 yoshli Albert 22 yoshli Valeriyaga turmushga chiqish taklifini berish uchun ikki hafta vaqt sarflagan va uy atrofiga yuzta sham qo‘ygan.

Shundan keyin uydan chiqib, qizning oldiga borgan. Bu vaqtda esa shamlar sabab uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan, hech kim jabrlanmagan.

Shunga qaramay, Albert baribir Valeriyaga turmush qurish taklifini bergan, qiz esa rozi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!