Ana xolos! Qaylig‘idan qutulmoqchi bo‘lgan ayol o‘z o‘limini uyushtirdi

Ana xolos! Qaylig‘idan qutulmoqchi bo‘lgan ayol o‘z o‘limini uyushtirdi

37 yoshli xitoylik ayol o‘z qotilligini uyushtirgani uchun 10 kun qamoqda o‘tiradi. Ta’kidlanishicha, bu yo‘lni 36 yoshli qaylig‘idan qutulish uchun qilgan.

Daily Mail ning xabar berishicha, ayol qaylig‘i bilan birga olgan yotoqxonadan chiqib, unga qo‘ng‘iroq qilgan va sobiq eri uni o‘g‘rilab ketganini aytgan. Keyinchalik sobiq erining nomidan sevgilisiga xabar yuborishni boshlagan, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan, agar milisiya voqea haqida bilib qolsa yomon bo‘lishini aytgan. Keyingi safar esa u allaqachon o‘zining o‘lganini va tanasi ko‘l ichida ekanligi haqida xabar bergan.

Qo‘rqib ketgan sevgilisi bo‘lsa milisiyaga yordam so‘rab murojaat qilgan. O‘z navbatida xodimlar nazorat kameralari yordamida o‘g‘rilab ketilgan ayolni darhol topgan. So‘roq paytida ayol xatti-harakatini yangi sevgilisining juda kambag‘al ekanligi bilan bog‘liqligini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!