Ana xolos! Manikenni o‘pib, shilqimlik qilgan yigitlar qo‘lga tushdi

Ana xolos! Manikenni o‘pib, shilqimlik qilgan yigitlar qo‘lga tushdi

Turkiyaning Antaliya shahri polisiyasi 25 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan uch nafar erkakni o‘g‘rilik va ayollar libosi do‘konidagi manekenga nisbatan axloqsiz xatti-harakatlar uchun qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti Haberturk telekanaliga tayanib xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, do‘kon egasi ertalab makekenga kiydirilgan shuba yo‘qolganini ko‘rib, polisiya xodimlariga xabar qiladi. Polisiya makekenda ko‘plab barmoq izlari borligi aniqlaydi. Do‘konda o‘rnatilgan kuzatuv kamera yozuvlari o‘rganib chiqilgandan so‘ng uch nafar mahalliy aholi tunda do‘konga kirib, manekenga kiydirilgan libosni yechib olingani ma’lum bo‘ladi.

Telekanal xabariga ko‘ra, yosh yigitlar manekenni o‘pib, unga shilqimliq qilishgan .

Ushbu shaxslarning barchasi qo‘lga olingan. Hodisa sabablari ma’lum bo‘lgandan so‘ng ular polisiya nazorati ostida ozod qilingan. Hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!