Ana xolos! G‘uzorda YPX xodimi fuqaro savoliga javob bermay qochib ketdi (VIDEO)
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida YPX xodimi bilan bog‘liq yana bir qiziq voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda "nnews.uz" yozmoqda.
Gap shundaki, 2020 yil 1 mart kuni yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor Tog‘aymurodov Abror Akramovich shu kuni soat 13:40 larda M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani hududidan o‘tuvchi 1948 km.da o‘ziga berkitilgan “Neksiya” rusumli 70/889VSF davlat raqam belgili xizmat avtomashinasida o‘rnatilgan “Iskira video-2” (tezlikni aniqlovchi maxsus moslama) qurilmasi bilan belgilangan tezlikni oshirgan avtomashinalarni aniqlash maqsadida xizmat olib borgan.
Unga murojaat qilgan fuqaro M.Muzaffarovning savollariga tegishli tartibda javob bermasdan u yerdan avtomashinani boshqarib qochib ketgan.
Qashqadaryo viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi YHXB mas’ul xodimlari tomonidan hozirda mazkur holat bo‘yicha xizmat tekshiruv o‘tkazilmoqda.