Amudaryoda 11 mlrd 501 mln so‘m qiymatdagi kichik sanoat zonasi tashkil qilinmoqda

Amudaryoda 11 mlrd 501 mln so‘m qiymatdagi kichik sanoat zonasi tashkil qilinmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida 4,25 ga yer maydonida 11 mlrd 501 mln so‘m qiymatdagi kichik sanoat zonasi tashkil qilinmoqda. Ushbu kichik sanoat zonasida 26 nafar tadbirkor tomonidan 187 yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Tuman Davlat soliq inspeksiyasining Turon24ga ma’lumot berishicha, kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar orqali yiliga 150 tonna meva-sabzavot quritish yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, 74 tonna meva-sabzavot mahsulotidan murabbo ishlab chiqarish, 1300 tonna qizilmiya ildizini qayta ishlash, 48 tonna quyultirilgan sut, tvorog, smetana mahsulotlarini tayyorlash rejalashtirilgan.

Motor moyini qayta ishlash, 36 ming dona tayyor tikuv mahsulotlarini, 24 ming dona eshik, deraza, mebel mahsulotlarini tayyorlash, 100 tonna mix hamda 33 ming metrlik sim to‘r, 97 ming dona temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan yangi tarmoqlar tashkil etilmoqda.

Ayni kunda kichik sanoat zonasida muhandislik kommunikasiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash, bu yerga elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi olib kelishni tezlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu rejalarga asosan kichik sanoat zonasi ichidagi va unga olib keluvchi jami 4,8 km uzunlikdagi yo‘llarni ta’mirlash uchun 1 mlrd 365 mln so‘m ajratilgan. Ichimlik suvi tarmog‘ini tortish uchun 16,2 mln so‘m pul sarflanishi belgilangan.

Hozirgi kungacha kichik sanoat zonasida elektr tarmoqlarini ta’mirlash va uning ayrim qismini yangilash bo‘yicha 149 mln so‘mlik va tabiiy gaz tarmoqlarini ta’mirlash ishlariga 123 mln so‘mlik mablag‘ sarflangan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!