Amirsoy dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lda avtomobil harakati cheklanadi

Amirsoy dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘lda avtomobil harakati cheklanadi

Joriy yilning 29-30 iyun kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Amirsoy dam olish maskanida o‘tkazilayotgan Sky Camp 2024 festivali munosabati bilan marafon o‘tkazilmoqda.

Ushbu marafonda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Bo‘stonliq tumani hokimining tegishli farmoyishi asosida 4R6 Toshkent, Chirchiq va Chimyon avtomobil yo‘lining 56-kilometrida va ushbu yo‘lga o‘tuvchi 4R12 avtomobil yo‘lining 61-kilometrida avtomobil harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu sababli haydovchilardan Chimyon, Amirsoy va Bildirsoy dam olish maskanlariga boruvchi fuqarolar Chorvoq, Piramida va Yusufxona orqali harakatlanishlari tavsiya etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!